Ispaniya sardori JCh-2026 yarim finali oldidan fikr bildirdi

Ispaniya terma jamoasi sardori Rodri Frantsiyaga qarshi jahon chempionati yarim finalidan kutilmalari bilan o'rtoqlashdi. Yarim himoyachi raqibning kuchli tomonlarini ta'kidlab o'tdi, ammo «qizil furiya» finalga chiqishga qodir ekaniga ishonch bildirdi.
«Frantsiya — bu turnirdagi eng yaxshi jamoalardan biri, ular ajoyib sport formasida, ammo Ispaniya ham shunday. Biz ularni mag'lub eta olamiz — buni Evropa chempionatida va Millatlar ligasida allaqachon ko'rganmiz», — dedi Rodri The Guardian nashriga bergan intervyusida.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar