Ispaniya Kubogining ikkinchi finalchisi aniqlandi.

"Real Sosedad" turnirning yarim finalida "Atletik" ustidan ikkinchi g'alabasini qo'lga kiritdi (1:0, dastlabki o'yin – 1:0) va keyingi bosqichga yo'l oldi.

San-sebastyaliklar finalda "Atletiko"ga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 18 aprel kuni Sevilyada bo'lib o'tadi.

San-Sebastyan klubi 2019/20 yilgi mavsumdan buyon ilk bor Ispaniya Kubogi finaliga chiqdi. O'shanda jamoa koronavirus pandemiyasi sababli 2021 yilga qoldirilgan finalda "Atletik"ni mag'lub etib (1:0), sovrinni qo'lga kiritgan edi.