"Barselona" Ispaniya Kubogi 1/8 finalida "Rasing"ni mag'lub etdi - 2:0.

Birinchi bo'limda gol urilmadi. Ikkinchi bo'lim debyutida kataloniyaliklar hujumchisi Ferran Torres hisobni ochdi. Uchrashuv so'ngida "ko'k-anorranglilar" hisobdagi farqni oshirdi - Lamin Yamal gol urdi.

"Barselona"ning chorak finaldagi raqibi qur'a natijalariga ko'ra aniqlanadi.

Rasing - Barselona - 0:2

Gollar: Torres, 66 (0:1). Yamal, 90+5 (0:2)

Barselona: X. Garsiya, Kubarsi, Martin, Balde, Kunde, Bernal (Fermin Lopes, 58), Olmo (Pedri, 68), Kasado (E. Garsiya, 85), Reshford (Rafinya, 67), Yamal, Torres (Levandovski, 68)

Ogohlantirish: Fermin Lopes, 73