Ispaniya Kubogi yarim finalidan o'rin olgan «Atletiko»ga qarshi javob uchrashuvining birinchi bo'limida «Barselona» ikkita gol urdi — 2:0. O'yin «Kamp Nou» stadionida bo'lib o'tmoqda.

Gollarga Mark Bernal va 11 metrlik jarima zarbasini aniq amalga oshirgan Rafinya mualliflik qildi.

Uchrashuvning 13-daqiqasida «Barselona» himoyachisi Jyul Kunde jarohat sababli almashtirildi.

Jamoalar o'rtasidagi dastlabki yarim final bahsida «Atletiko» 4:0 hisobida g'alaba qozongan edi.

Manba: www.stadion.uz.