«Atletiko» Ispaniya Kubogi chorak finali doirasida safarda «Betis»ni tor-mor keltirdi — 5:0.

12-daqiqada David Gantsko hisobni ochdi. 30-daqiqada madridliklarning ustunligini Juliano Simeone ikkitaga oshirdi. 37-daqiqada esa Ademola Lukman uchinchi golni urdi — bu gol Lukman uchun «Atletiko» libosidagi debyut gol bo'ldi.

To'rtinchi golni 62-daqiqada Antuan Grizmann o'z hisobiga yozdirib qo'ydi. Uchrashuvdagi yakuniy hisobni esa 83-daqiqada Tyago Almada o'rnatdi.

«Atletiko» Ispaniya Kubogi yarim finaliga yo'l oldi. Avvalroq ushbu bosqichga «Barselona», «Real Sosedad» va Bilbaoning «Atletik» jamoalari yo'llanma olgan edi.

Manba: www.stadion.uz.