Ispaniya terma jamoasi ketma-ket uchinchi bor Jahon chempionatining 1/8 finaliga yo'l oldi.

Luis de la Fuente shogirdlari JCh-2026ning 1/16 finalida Avstriya terma jamoasini yirik hisobda (3:0) mag'lub etishdi.

Ispaniyaliklar 2018 va 2022 yilgi musobaqalarda ham 1/8 final bosqichigacha etib borishgan edi, biroq ular 2010 yildan beri Jahon chempionatlarining chorak finalida o'ynashmagan. 2014 yilgi turnirda esa ular guruhdan chiqa olishmagandi.

Eslatib o'tamiz, JCh-2010da Ispaniya terma jamoasi oltin medallarni qo'lga kiritgan.

Manba: Stadion.uz