Ispaniya hujumchisi: "Imkoniyatlarimizdan etarlicha foydalana olmadik"

Ispaniya milliy terma jamoasi hujumchisi Mikel Oyarsabal 2026 yilgi Jahon chempionati saralash turnirida Gruziyaga qarshi qozonilgan g'alaba (2:0) haqida fikr bildirdi.
"Gol urish ajoyib bo'ldi, ayniqsa u bizga g'alabani deyarli kafolatlayotganini bilgan holda. Gruziya bor kuchi bilan himoyalanishini va bu vazifamizni qiyinlashtirishini tushunardik. Biz o'yinni boshidan oxirigacha nazorat qilsak-da, imkoniyatlarimizdan etarlicha samarali foydalana olmadik. Bir nechta o'yinchining yo'qligi? Bizning kuchimiz jamoaviylikda," - deya Oyarsabalning so'zlarini UEFA matbuot xizmati keltirdi.