Ispaniya terma jamoasi hujumchisi Yeremi Pino JCh-2026 saralashidan o'rin olgan Gruziya ustidan qozonilgan g'alabaga (2:0) munosabat bildirdi.

"Bugun Ispaniya terma jamoasi ajoyib o'yin ko'rsatdi. Gruziya terma jamoasini to'xtatish uchun nima qilish kerakligini aniq bilardik - ajoyib jamoa, ayniqsa, himoyadan hujumga tez o'tishda xavfli. Ha, biz bir nechta vaziyatlarni qo'ldan chiqardik, ammo gol urdik va g'alaba qozondik!" - dedm Pino.