Ispaniya Frantsiyaga qarshi o'yinda birinchi bo'limni o'z foydasiga hal qildi

Frantsiya va Ispaniya terma jamoalari Jahon chempionati yarim finalida kurash olib borishmoqda. Birinchi bo'lim yakunlandi va stadion tablosida 0:1 hisobi qayd etilmoqda.
Ispanlar 22-daqiqada oldinga chiqib olishdi. Mikel Oyarsabal penaltini aniq amalga oshirdi. U to'pni o'ziga nisbatan o'ng tomondagi ustun yoniga, o'rta balandlikda darvozaga yo'lladi. 11 metrlik jarima zarbasi Lamin Yamalga nisbatan ishlatilgan qoidabuzarlikdan so'ng belgilangan edi.
Tanaffusdan keyin Dide Desham shogirdlari hisobni tenglashtirishga urinib ko'rishlari kerak. Frantsuzlar ketma-ket uchinchi Jahon chempionatida finalga chiqishlari mumkin.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar