Ispaniya terma jamoasi darvozaboni Unay Simon Frantsiya terma jamoasi hujumchilari bilan bo'lajak to'qnashuv haqidagi savolga javob berdi.

Ispaniya va Frantsiya terma jamoalari 14 iyul kuni jahon chempionati finaliga yo'llanmani o'zaro talashishadi.

«Agar Mbappe yoki Dembele bilan yuzma-yuz kelishimga to'g'ri kelsa, umid qilamanki, o'sha vaqtda ularning qarshisida kamida bitta himoyachimiz bo'ladi», — deya Simonning intervyusidan iqtibos keltiradi The Touchline.

Manba: Stadion.uz