Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanches X ijtimoiy tarmog'ida tegishli xabarni e'lon qilib, Rossiya va Isroil sportchilarini diskvalifikatsiya qilishga chaqirdi.

"Nima uchun Rossiya Ukrainada urush boshlangandan keyin diskvalifikatsiya qilindi, lekin Isroil G'azo bosqinidan keyin diskvalifikatsiya qilinmadi?

Bizning pozitsiyamiz aniq: bularning barchasi to'xtamaguncha, Rossiya ham, Isroil ham xalqaro musobaqalarda qatnashmasligi kerak", deb yozadi Sanches.