Ispaniya Bolgariyani mag'lub etdi, Turkiya JCh-2026 saralashida Gruziyani tor-mor etdi

Ispaniya terma jamoasi o'z maydonida JCh-2026 saralashidan o'rin olgan uchrashuvda Bolgariyani mag'lub etdi - 4:0.
Mezbonlar safida Mikel Merino dubl qayd etgan bo'lsa, bir gol Mikel Oyyarsabal hisobiga yozildi, yana bir golni mehmonlar himoyachisi Atanas Chernev o'z darvozasiga joylab qo'ydi.
Ispaniya 12 ochko bilan E guruhida peshqadamlik qilmoqda. Bolgariya so'nggi, to'rtinchi o'rinni egallab turibdi, jamoa 4 o'yinda birorta ham ochko to'play olmadi.
Parallel kechgan o'yinda Turkiya terma jamoasi o'z maydonida Gruziyani mag'lub etdi - 4:1.
Mezbonlar safida ikki golga Mexrik Demiral mualliflik qilgan bo'lsa, Kenan Yildiz va Yunus Akgun bittadan to'p kiritdi. Mehmonlarning yagona goli Georgiy Kochorashvili hisobiga yozildi.
Turkiya 9 ochko bilan E guruhida ikkinchi, Gruziya 3 ochko bilan uchinchi o'rinda bormoqda.