Ispaniya terma jamoasi 2010 yildan beri birinchi marta Jahon chempionatining chorak finaliga yo'llanma oldi.

Bugun Luis de la Fuente boshchiligidagi jamoa JCh-2026ning 1/8 finalida Portugaliya terma jamoasini mag'lub etdi (1:0) va turnirning keyingi bosqichiga yo'l oldi.

Ispanlar Jahon chempionatining 1/4 finaliga so'nggi bor 2010 yilda chiqishgan edi — o'shanda ular bosh sovrinni (bosh kubokni) qo'lga kiritishgan. Shundan so'ng, ular 2014 yilgi mundialda guruh bosqichidan qaytgan bo'lsalar, 2018 va 2022 yillarda 1/8 final bosqichidayoq mag'lubiyatga uchrab, turnirni tark etishgan edi.

Manba: Stadion.uz