"Barselona" yakshanba kuni "Real" mehmoni bo'ladi. Jamoalar La Liga 10-turi doirasida to'qnash kelishadi.

Ispaniyaning Mundo Deportivo nashri "ko'k-anorranglilar" ushbu o'yinga hujumkor taktika tanlashiga ishonmoqda.

«Flik "Real Madrid" ustidan g'alaba qozonish va jamoaga ishonch bag'ishlash uchun Ferran Torresni asosiy tarkibda maydonga tushiradi — tarkib aniq hujumkor ruhda bo'ladi.

"Barça" Rafinyasiz o'ynaydi, biroq De Yong, Kristensen va Kunde — "Bernabeu"da o'ynashga tayyor», - deyiladi nashr xabarida.

Yakshanba kungi o'yin Toshkent vaqti bilan 20:15'da start oladi.