Islom Birdamlik o'yinlari. Futzal musobaqasi Eron g'oliblikni qo'lga kiritdi (videosharh)

Birinchi marta Islom Birdamligi o'yinlari dasturiga kiritilgan futzal bahslarida Osiyo qit'asi vakillari zafar quchishdi. Evropa, Osiyo hamda Afrika qit'asi vakillari qatnashgan musobaqada sariq qit'a grandi — Eron terma jamoasi VI Islom Birdamligi o'yinlarining chempioni bo'ldi!
“Osiyo Braziliyasi” nomi bilan mashhur forslar finalda Afrika qit'asining eng kuchli jamoasi — Marokash darvozasiga javobsiz 5 ta gol kiritishdi!
Bronza medali uchun kechgan bahsda esa O'zbekiston milliy terma jamoasi musobaqa mezbonlari Saudiya Arabistoni terma jamoasini penaltilar seriyasida dog'da qoldirdi – 7:6!
VI Islom Birdamligi o'yinlari
11.11.2025 yil
Final
Marokash – Eron – 0:5.
Manba: https://t.me/Futsal_Uzbekistan