Islandiyalik futbolchi: "Hushimdan ketib qolishimga bir bahya qoldi"

Frantsiyaga qarshi bahs paytida jarohat olgan Islandiya terma jamoasi futbolchisi Yon Dagur Torshteynsson raqibi Aurelien Tchuamenining qizil kartochkasi bo'yicha o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Jahon chempionati saralash bahsining 67-daqiqasida Tchuameni Torshteynssonga qo'pollik bilan zarba berdi.
Avvaliga futbolchiga ogohlantirish berildi. Takroriy lavhadan so'ng hakam o'z qarorini o'zgartirishga majbur bo'ldi.
Frantsiya bir kishi kam bo'lib qoldi, ammo 2:1 hisobidagi ustunlikni saqlab qoldi.
"Bu qizil kartochka ekanligini zarbani his qilgan zahotim bilardim. Hushimdan ketib qolishimga bir bahya qoldi", - deya futbolchining so'zlarini keltiradi Islandiyaning DV nashri.