«Liverpul» Angliya chempionati doirasida «Manchester Yunayted»ga qarshi kechadigan mehmondagi o'yinga tayyorgarlik ko'rmoqda. Matbuotda tarqalgan ma'lumotlarga ko'ra, yakshanba kungi bahsda «qizillar» hujumchisi Aleksandr Isak ishtirok eta olmaydi — shvetsiyalik futbolchi jarohat olgan.

The Touchline nashrining Dave Ockopga tayanib xabar berishicha, Isak olgan jarohati sababli taxminan ikki haftani o'tkazib yuboradi. Premer-liganing joriy mavsumida «Liverpul»ning yana to'rtta o'yini qolgan. Jamoaning navbatdagi raqiblari «Manchester Yunayted» (3 may), «Chelsi» (9 may), «Aston Villa» (17 may) va «Brentford» (24 may) bo'ladi.

Hozirda «Liverpul» Premer-liga turnir jadvalida to'rtinchi o'rinni egallab turibdi.