Isak va Dyokereshi bor Shvetsiya JCh saralashida birorta o'yinda g'alaba qozona olmayapti

Shvetsiya terma jamoasi JCh-2026 saralashida g'alabasiz bormoqda.
Bugun Ion-Dal Tomasson jamoasi saralash bosqichining 4-turida Kosovoga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Shvedlar 4 o'yinda 1 ochko to'plagan holda B guruhi jadvalida so'nggi, 4-o'rinni egallab turibdi. Shveytsariya terma jamoasi 10 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda, undan keyingi o'rinlarda Kosovo (7 ochko) va Sloveniya (3) bormoqda.
15 noyabr kuni Shvetsiya terma jamoasi shveytsariyaliklarga qarshi maydonga tushadi.