Isak "Oltin to'p"ni qo'lga kiritdi

"Liverpul" hujumchisi Aleksander Isak yil yakunlari bo'yicha Shvetsiyaning eng yaxshi futbolchisiga topshiriladigan "Oltin to'p" sovrini sohibiga aylandi.
Mukofot Shvetsiya futbol assotsiatsiyasi tomonidan Aftonbladet gazetasi bilan hamkorlikda o'tkaziladi.
2025 yilda 26 yoshli Isak "Nyukasl", "Liverpul" va Shvetsiya terma jamoasi safida 42 ta o'yinda maydonga tushib, 17 ta gol urgan va 4 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Ushbu sovrin uchun kurashda Isak "Arsenal" hujumchisi Viktor Dyokereshni ortda qoldirdi.
Isak 2025 yilning sentyabrida 145 million evro evaziga "Nyukasl"dan "Liverpul"ga o'tgandi. U joriy mavsum mersisaydliklar safida barcha musobaqalarda 15 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan shartnomasi 2031 yilning iyun oyi oxirigacha mo'ljallangan.