Isak "Liverpul" safida mashg'ulotlarni boshladi

Hujumchi Aleksandr Isak "Liverpul" bilan mashg'ulotlarni boshladi. Mersisaydliklar matbuot xizmati 25 yoshli shvetsiyalikning mashg'ulot maydoniga chiqqani aks etgan videoni e'lon qildi.
"Ishga kirishish vaqti keldi," - deyiladi videoning izohida.
Xabaringiz bor, Aleksandr Isak yozgi transfer oynasi yopilishi oldidan "Nyukasl"dan "Liverpul"ga ko'chib o'tgan edi. Isak yangi jamoasi bilan hali mashg'ulot o'tkazmagan, chunki u Shvetsiya terma jamoasi qarorgohiga borgan.
"Liverpul" Premer-liganing navbatdagi uchrashuvini 14 sentyabr, yakshanba kuni safarda "Byornli"ga qarshi o'tkazadi.