Isak "Liverpul"ning antirekordini o'rnatdi

Shvetsiyalik hujumchi Aleksandr Isakning "Liverpul"ga qimmatga tushgan transferi hozircha ishonchni oqlamayapti. Hujumchi Mersisayd klubi tarixiga antirekord bilan kirdi.
Skandinav "qizillar" safida APL tarixida ilk to'rtta o'yinda mag'lubiyatga uchragan ilk futbolchiga aylandi.
Eslatib o'tamiz, Isak o'tgan transfer oynasida "Nyukasl"dan "Liverpul"ga ko'chib o'tgan edi. Uning transferi uchun mersisaydliklar taxminan 130 million evro to'lagan.
Angliya premer-ligasining joriy mavsumida 26 yoshli hujumchi beshta "jang"da qatnashib, bitta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.