Aleksandr Isakning transferi futbol tarixidagi top-5'likka kirdi.

Transfer oynasining so'nggi kunida hujumchi "Nyukasl"dan 125 mln funt (144 mln evro) evaziga "Liverpul"ga o'tdi.

Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, bu jahon futboli tarixidagi to'rtinchi eng qimmat transfer hisoblanadi. Isak 2018 yilda "Barselona" "Liverpul"ga 135 mln evro to'lagan Filippe Koutinoni ortda qoldirdi.

Eng qimmat transfer - Neymarning 2017 yilda "Barselona"dan "PSJ"ga 222 mln evro evaziga o'tishi.

Ikkinchi o'rinda 2017 yilda Kilian Mbappening "Monako"dan "PSJ"ga 180 million evaziga transferi (birinchi yil frantsuz ijara asosida o'ynagan).

Uchinchisi - Usmon Dembelening 2017 yilda "Borussiya" Dortmunddan 148 million evro evaziga "Barselona"ga o'tishi.