Isak: "Bu sayohatning bir qismi bo'lish sharafdir"

"Liverpul"ning yangi futbolchisi Aleksandr Isak klubni tark etganidan so'ng "Nyukasl"ga murojaat qildi.
"Biz birgalikda tarix yozdik va klubni tegishli joyga olib keldik. Bu sayohatning bir qismi bo'lish sharafdir - Chempionlar ligasiga yo'llanma olishdan tortib, 70 yildan ortiq vaqt ichida birinchi sovrinimizni qo'lga kiritishgacha.
Abadiy minnatdorchilik. "Nyukasl"ga rahmat", - deb yozdi Isak ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.