Isak bu borada uchinchi bo'ladi

"Liverpul" Angliya futboli tarixidagi eng qimmat transferni yakunlash arafasida.
Ishonchli xabarlarga ko'ra, "qizillar" "Nyukasl" hujumchisi Aleksandr Isakning 150 million evro evaziga transferini kelishib olgan.
Angliyada bungacha hech bir klub bir futbolchi uchun bunchalik ko'p pul to'lamagan va jami futbol tarixida faqat ikkita qimmat transfer amalga oshirilgan: 2017 yilda "PSJ" Neymarni "Barselona"dan 222 million evroga sotib olgan bo'lsa, oradan bir yil o'tib o'sha parijliklar "Monako"dan Kilian Mbappeni 180 million evroga sotib olishdi.