JCh-2026 oldidan Iroq terma jamoasida muammolar yuzaga keldi. Milliy terma jamoaning bir yo'la besh nafar futbolchisi yirik futbol turnirida ishtirok etish uchun AQSh vizasini ololmadi. Bu haqda Shafaq News nashri Iroq futbol federatsiyasi a'zosi G'olib al-Zameliga tayanib xabar bermoqda.

Turli sabablarga ko'ra Ibrohim Bayesh, Muhannad Ali, Zayd Tahsin, Haydar Abdul-Karim va Ali Al-Hamadiga viza berish rad etildi.

Qayd etilishicha, Iroq futbol federatsiyasi yordam so'rab FIFAga murojaat qilish niyatida. Mamlakat terma jamoasi futbol mutasaddilari muammoning tezkor echimini topishda yordam berishidan umid qilmoqda, chunki yuqorida ismlari tilga olingan futbolchilarning aksariyati jamoaning muhim a'zolari hisoblanadi.