Iroq terma jamoasi bosh murabbiyi Grem Arnold jahon chempionatida Norvegiyadan qabul qilingan 1:4 hisobidagi mag'lubiyatdan keyin o'z fikrlarini bildirdi. Mutaxassis optimizmni saqlab qolmoqda.

«Uch ochko bilan ham keyingi bosqichga chiqish mumkin va oldinda bizni yana ikkita o'yin kutib turibdi. Bu ayrim vaziyatlarda ajoyib o'yin bo'ldi, ammo bir nechta xatolar bizga jiddiy zarar etkazdi», — deya Arnoldning so'zlarini keltirmoqda FIFA matbuot xizmati.

Endi Grem Arnold Iroq terma jamosini Frantsiya (23 iyun) va Senegalga (26 iyun) qarshi uchrashuvlarga tayyorlaydi.

Qayd etish lozimki, Iroq terma jamoasi o'z tarixida ikkinchi bor va 1986 yildan beri ilk marta jahon chempionatida ishtirok etmoqda.