Iroq futbol assotsiatsiyasi rasman bayonot berib, mart oyi oxirida bo'lib o'tadigan qit'alararo saralash bosqichida ishtirok etishi kerak bo'lgan jamoa bilan bog'liq ikki muammoni ma'lum qildi:

— Jamoa jismonan mintaqani tark eta olmaydi, chunki harbiy harakatlar sabab qo'shni davlatlardagi barcha aeroportlar yopilgan;

— Mintaqa mamlakatlaridagi Amerika Qo'shma Shtatlari elchixonasi va Meksika elchixonasi faoliyati to'xtatilgani bois delegatsiyaning ayrim a'zolari viza olish imkoniyatiga ega emas.

Ma'lumot o'rnida. Iroq milliy jamoasi AQShda qisqa o'quv-mashg'ulot yig'ini o'tkazishni, shundan so'ng Meksikaga uchib borib JCh-2026 yo'llanmasi uchun qit'alararo saralash o'yinida ishtirok etishni rejalashtirgan edi.

Manba: Futbolium