Iroq bosh murabbiyi: «O'z mamlakati terma jamoasini boshqarayotgan Dide mendan ko'ra kattaroq bosimga duch kelmoqda»

Iroq terma jamoasining avstraliyalik murabbiyi Grem Arnold hamkasbi Dide Deshamning ishi ancha qiyinroq deb hisoblaydi, chunki u o'z yurti terma jamoasini boshqarmoqda.
JCh-2026 ikkinchi turida Iroq Dide Desham qo'l ostidagi Frantsiya bilan o'ynaydi. O'yin Toshkent vaqti bilan 24 iyun kuni soat 02:00'da boshlanadi.
«Hozir men Avstraliya terma jamoasi murabbiyi bo'lgan paytimga nisbatan ancha kam stressga duch kelyapman. Dide Frantsiya terma jamoasida qanday qilib bunchalik uzoq vaqt (u 2012 yildan beri jamoani boshqarib kelmoqda) qolganiga hayronman.
O'z mamlakatingiz terma jamoasini boshqarganingizda, muvaffaqiyatga erishishni va hech kimni xafa qilmaslikni juda qattiq xohlaysiz. Bu erda esa hammasi boshqacha. Men birinchi marta Iroq terma jamoasi libosini kiyganimda, bu biroz g'alati tuyulgandi. Ammo men har bir daqiqadan zavq olyapman: ehtiros, madaniyat, odamlar va yangi chaqiriq.
Bu erda esa umuman bosim yo'q. Dide esa mendan ancha kattaroq bosimga duch kelmoqda», — deya kulib qo'ydi Arnold.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar