Irlandiyalik 23 yoshli darvozabon Gevin Bazunu "Sautgempton"ni tark etdi.

Keyingi yarim yilni darvozabon Chempionshipning boshqa bir klubi - "Stok Siti"da o'tkazadi, deb yozadi "Kulollar" matbuot xizmati.

Eslatib o'tamiz, Bazunu "Shemrok Rovers" va "Manchester Siti" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U "Sautgempton"ga 2022 yilda kelgan, o'shanda "avliyolar" uni "shaharliklar"dan 14 mln evroga sotib olgandi. "Sautgempton"dagi faoliyati davomida u faqat bir marta - 2025 yilning bahorida Belgiyaning "Standard" klubiga ijaraga o'tgan.

Bazunu Irlandiya terma jamoasi darvozaboni bo'lib, 23 yoshida o'z mamlakati terma jamoasi safida 22 ta o'yinda maydonga tushgan.