Iraola: «Jeremi Jake «Liverpul» uchun kerakli barcha fazilatlarga ega»

«Liverpul» bosh murabbiyi Andoni Iraola shu yoz «Renn»dan ingliz klubi safiga kelib qo'shilgan yangi markaziy himoyachi Jeremi Jakening tayyorgarligi haqida fikr bildirdi.
«Jeremi — men «Liverpul»ga o'tishidan oldin ham juda yaxshi bilgan o'yinchi.
Yosh bo'lishiga qaramay, ushbu pozitsiyada bizga kerak bo'lgan barcha fazilatlarga ega deb hisoblayman.
U o'tgan mavsumni elka jarohati bilan yakunlagan edi, lekin to'liq tiklanib oldi. Hozirda u U-21 jamoasi bilan mashg'ulot o'tkazmoqda.
U boshidanoq tayyor», — dedi Iraola.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar