Iqtidorli futbolchi Frantsiya termasidan voz kechib, Marokashni tanladi

Frantsiyaning eng istiqbolli yosh yarim himoyachilaridan biri boshqa mamlakat terma jamoasida o'ynashga qaror qildi.
Foot Mercato nashrining xabar berishicha, Ayyub Buaddi Marokash milliy terma jamoasi safida harakat qiladigan bo'ldi.
Frantsiya futbol federatsiyasi xavbekning Frantsiya yoshlar terma jamoalarida o'ynashda davom etishiga va yakunda Zinedin Zidan boshqaruvidagi asosiy terma jamoaga o'tishiga umid qilgan edi. Biroq 18 yoshli futbolchi Marokashni afzal ko'rdi. Uning JCh-2026 turniriga borishi kutilmoqda.
Buaddi "Lill" tarkibida "Liga 1" doirasida 62 ta o'yinda maydonga tushgan. Frantsiyaning turli yoshdagi (U16 dan boshlab) terma jamoalari safida esa 30 ga yaqin uchrashuv o'tkazgan.