«Inter» Zommer o'rniga 3 nafar darvozabon variantini ko'rib chiqmoqda

Milanning «Inter» klubi yangi darvozabon qidirishda davom etmoqda. «Neradzurrilar» shartnomasi kelayotgan yozda yakuniga etadigan Yann Zommerning o'rnini to'ldirishni rejalashtirgan.
Jurnalist Ekrem Konurning xabar berishicha, A Seriya grandi uchun asosiy maqsad «Tottenxem» a'zosi Gulelmo Vikario bo'lib qolmoqda, muqobil variant sifatida esa Madridning «Real» klubi posboni Andrey Lunin ko'rilmoqda. Shu bilan birga, manbaning ta'kidlashicha, «Inter» «Roma» darvozaboni Mile Svilarni ideal nomzod deb hisoblaydi, biroq uni sotib olish ancha qiyin bo'ladi.
Transfermarkt portali tomonidan 35 million evroga baholangan Rim klubining 26 yoshli posboniga «Yuventus» va Angliyaning top-klublari ham qiziqish bildirmoqda.