«Inter» - «Yuventus» o'yinida ishlagan hakam chetlatilishi kutilmoqda

Hakam Federiko La Penna A Seriya doirasidagi «Inter» va «Yuventus» (3:2) o'rtasidagi bahsda yo'l qo'ygan xatosi uchun diskvalifikatsiya qilinishi mumkin.
Hakam milanliklar himoyachisi Alessandro Bastonining simulyatsiyasidan so'ng, turinliklar himoyachisi Per Kaluluni maydondan chetlatgan edi.
La Gazzetta dello Sport xabariga ko'ra, A Seriya hakamlari Bastonining simulyatsiyasidan frantsuzning ikkinchi sariq kartochkadagi xatosi kabi g'azablangan.
Taxminlarga ko'ra, La Penna ikki-uch haftaga hakamlikdan chetlatiladi. Biroq, ushbu muddat bir oygacha uzaytirilishi ham mumkin. Hakamlar qo'mitasi xatoga qaramay, La Penna ikkinchi bo'limni yaxshi boshqarganini alohida qayd etgan.