"Inter" yulduzi APLga o'tmoqchi

Milanning «Inter» klubi forvardi Markus Tyuram yozgi transfer oynasida jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda FC Inter News nashri ma'lumot bermoqda.
Saudiya Arabistoni klublari tomonidan qiziqishlar bo'layotganiga qaramay, manbaning xabar berishicha, 28 yoshli frantsuz Angliya Premer-ligasini afzal ko'rmoqda. Ta'kidlanishicha, «Aston Villa» va «Nyukasl» klublari allaqachon Tyuram bilan bog'lanishgan.
Joriy mavsumda hujumchi barcha musobaqalarda 36 ta o'yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.
Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, Tyuramning transfer qiymati 60 million evroni tashkil qiladi.