"Inter" yarim himoyachisi bilan xayrlashishi mumkin

"Inter" yarim himoyachisi Luis Enrike sotuvga qo'yiladigan nomzodlardan biri.
"Neradzurrilar" braziliyalik futbolchini shu yilning iyun oyida Frantsiyaning "Marsel" klubidan deyarli 23 million evro evaziga sotib oldi.
Yangi futbolchi kamdan-kam hollarda asosiy tarkibda maydonga tushadi, shuning uchun u jamoani juda tez orada tark etishi mumkin.
Jurnalist Fabritsio Romanoning so'zlariga ko'ra, "Inter" mish-mishlarga qaramay, Enrikega yangi klub izlashni buyurmagan, ammo qishki transfer oynasida u ketishi mumkin.