"Volfsburg"ning 22 yoshli himoyachisi Konstantinos Kulierakis yozda "Inter" yoki "Yuventus"ga o'tishi mumkin. Bu haqda "Calciomercato" nashri xabar bermoqda.

Futbolchining "Volfsburg" bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha mo'ljallangan. Shu sababli A Seriya klublari himoyachini sotib olishlariga to'g'ri keladi. Transfer summasi taxminan 35 million evroni tashkil qilishi mumkin.

Konstantinos Kulierakis Gretsiyaning PAOK klubidan o'tganidan beri "Volfsburg" sharafini himoya qilib kelmoqda. Joriy mavsumda u klub safida 20 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol muallifiga aylandi.