«Inter» va «Roma» o'yinchilar almashinuvini rejalashtirmoqda

A Seriya klublari — «Inter» va «Roma» o'yinchilar almashinuvi imkoniyatini ko'rib chiqmoqda. La Gazzetta dello Sport xabariga ko'ra, bitim yaqin vaqt ichida yakunlanishi mumkin. «Inter» «Roma»ning 25 yoshli markaziy yarim himoyachisi Manu Konega ko'z tikkan, Rim klubi uni 50 million evroga baholamoqda. Biroq «neradzurrilar» bu summani to'lashga tayyor emas va almashinuvning muqobil variantini taklif qildi.
Bitim doirasida «Inter» 26 yoshli yarim himoyachi Davide Frattezini (qiymati 25 million evro) hamda qo'shimcha pul kompensatsiyasini berishga tayyor. «Roma» bilan bitimning umumiy qiymati 50 million evroni tashkil etadi, biroq moliyaviy sabablarga ko'ra, bu ikki transfer alohida kelishuv sifatida rasmiylashtiriladi. Klublar o'rtasida muzokaralar davom etmoqda.
Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, Manu Konening transfer qiymati 50 million evroni, Davide Fratteziniki esa 22 million evroni tashkil etadi.