Frantsiyalik yarim himoyachi Adrien Rabio Massimiliano Allegridan keyin «Milan»ni tark etadi. Italiyalik sharhlovchilarning fikricha, futbolchi aynan Allegrining taklifiga binoan ushbu jamoaga kelgan edi. Xususan, bu haqda nufuzli italiyalik jurnalist Nikolo Skira xabar bermoqda.

Jurnalist frantsuz futbolchisi katta ehtimol bilan «Napoli» safiga o'tishini taxmin qilmoqda, chunki Allegrining o'zi ham faoliyatini aynan shu klubda davom ettirishi kutilmoqda. Biroq, ayni paytda Milanning «Inter» klubi ham Rabioga qiziqish bildirayotgani haqida ma'lumotlar bor. Agar Adrien «Inter»ni tanlasa, bu uning uchun katta ustunlik bo'ladi, chunki futbolchiga yashash joyini o'zgartirish shart emas – u Milanda qolib, bemalol faoliyatini davom ettirishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, Rabio «rossonerilar» safida bor-yo'g'i bir mavsum to'p surdi.