"Inter" va "MYu" Baldeni sotib olmoqchi, lekin "Barsa" uni osonlikcha qo'yib yubormaydi

"Barselona" qanot himoyachisi Aleks Baldeda faoliyatini davom ettirish uchun bir nechta variantlar mavjud. Unga "Manchester Yunayted" va Milanning "Inter" klublari da'vogarlik qilmoqda.
"Qizil iblislar" Baldeni himoya qanoti uchun uzoq muddatli echim bo'ladi deb hisoblashmoqda. "Inter" esa ispaniyalik futbolchi orqali kelayotgan yozda Dimarko ketganidan keyin yuzaga keladigan "bo'shliqni" yopmoqchi.
Eslatib o'tish joizki, Baldening "Barselona" bilan shartnomasida ulkan miqdordagi tovon puli ko'zda tutilgan. Kataloniyaliklar Aleks bilan kelishuvda 1 mlrd evro miqdoridagi klausulani belgilab qo'yishgan.