«Inter» uch nafar yarim himoyachisi bilan xayrlashmoqchi

Milanning «Inter» klubi rahbariyati yozgi transferlar oynasida uch nafar futbolchi bilan xayrlashishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Corriere dello Sport jurnalistlari xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, Italiyaning top-klubini uch nafar yarim himoyachi tark etadi: Luis Enrike, Aleksandar Stankovich va Davide Frattezi. «Neradzurrilar» ushbu uchlikni sotish orqali taxminan 90 million evro ishlab olishni ko'zlamoqda.
Eslatib o'tamiz, «Inter» joriy mavsumda Italiya A Seriya chempioniga aylandi. Bundan tashqari, Milan jamoasi mamlakat Kubogini ham qo'lga kiritdi. Final uchrashuvida ular Rimning «Latsio» klubini 2:0 hisobida mag'lubiyatga uchratishdi.