Milanning "Inter" klubi sport direktori Pero Auzilio "Al-Hilol"dan qulay taklif oldi.

Saudiya klubining funktsionerga qiziqish bildirayotgani haqida shu yozdayoq xabar berilgandi. Jurnalist Alfredo Pedullaning so'zlariga ko'ra, "Al-Hilol" vakillari juda jiddiy kayfiyatda, ammo shoshilmaydi - ular italiyalik barchasini o'ylab ko'rishini kutishga tayyor.

Manbaga ishonadigan bo'lsak, Auzilioga katta maosh - yiliga 5 mln evro va bonuslar taklif qilingan. "Neradzurrilar" sport direktori hozircha bir qarorga kelgani yo'q, u yozgi transferlar oynasi yopilgunga qadar ketmasligi aniq.

Iyun oyi boshida "Al-Hilol" "Inter"dan bosh murabbiy Simone Indzagini o'z safiga qo'shib olgandi.