"Inter" sport direktori Pero Auzilio Milan klubining "Liverpul" yarim himoyachisi Kyortis Jonsga bo'lgan qiziqishi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.

"Biz Kyortis Jonsni kuzatib boryapmiz. Bu bizga yoqadigan futbolchi. Buni yashirib o'tirmaymiz. Voqealar rivoji qanday tus olishini ko'ramiz", — dedi Auzilio.

Kyortis Jons "Liverpul" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning shartnomasi 2027 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. 2025/26 yilgi mavsumda yarim himoyachi "qizillar" safida barcha musobaqalarda 49 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali Jonsning transfer bahosini 35 million evroga baholamoqda.