«Inter» sport direktori Kristian Kivuning muvaffaqiyat sirini ochiqladi

Milanning «Inter» klubi sport direktori Pero Auzilio jamoa bosh murabbiyi Kristian Kivuning muvaffaqiyat siri haqida gapirib berdi. Ruminiyalik mutaxassis tayinlanganidan keyingi ilk mavsumidayoq jamoani A Seriya chempionligiga etaklab keldi. «Neradzurrilar» yakshanba kuni «Parma»ni mag'lub etib (2:0), skudettoni naqd qildi.
«Ko'pchilik professional darajada bor-yo'g'i 13 ta o'yin o'tkazgan murabbiy «Inter»ni yangi g'alabalarga boshlay olmaydi deb o'ylagan edi. Biroq Kivu oqilona ish tutdi, u odamlarni boshqarishda ajoyib qobiliyatga ega. U ishga zamonaviy va aqlli yondashuvni qo'lladi. Klublar o'rtasidagi jahon chempionati Kristianga vaziyatni tezroq tushunib, jamoaga moslashib ketishiga yordam berdi», — dedi Auzilio zafardan so'ng Sky Sport nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, Kivuning o'rnida avval Simone Indzagi ishlagan va u Chempionlar ligasi finalida «PSJ»dan qabul qilingan mag'lubiyatdan so'ng lavozimini tark etgan edi.