«Inter» jamoa uchun yangi vinger topdi.

Milan klubi «Al-Ittihod» a'zosi Mussa Diabiga e'tibor qaratdi. Futbolchi Saudiya Arabistonini tark etishni va yana evrokuboklarda ishtirok etishni istamoqda.

Ushbu mavsumda Mussa Diabi «Al-Ittihod» safida 34 ta uchrashuv o'tkazdi. Ularda vinger uchta gol urdi va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali futbolchining qiymatini 28 million evroga baholamoqda.