"Inter" "Modena"dan Yanis Massolenni sotib oladi.

Klublar 23 yoshli yarim himoyachining transferi bo'yicha kelishuvga erishdi, deya xabar bermoqda Janluka Di Martsio. Bitim summasi 3,5 million evroni tashkil etadi. Ma'lumot uchun, futbolchining bo'yi 197 santimetrni tashkil etadi.

Frantsuz joriy mavsum oxirigacha hozirgi jamoasida qoladi.

B Seriyaning joriy mavsumida Massolen 14 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.