"Inter" "Real"dan futbolchini tortib olish uchun katta pul tikishga tayyor

Milanning "Inter" klubi hamon "Komo" yarim himoyachisi Nikolas Pasni nishonga olgan.
"Neradzurrilar" argentinalik futbolchining Sesk Fabregas jamoasidagi muvaffaqiyatlarini anchadan beri kuzatib kelmoqda, biroq o'tgan yozda futbolchi hech qaerga ketmaslikka qaror qilgandi. Transfer News Livening xabar berishicha, "Inter" Pasni 2026 yilda "Real"dan tortib olish uchun taxminan 58 million evro taklif qilishga tayyor. Eslatib o'tamiz, "qaymoqranglilar" birinchi navbatda qayta sotib olish optsiyasidan foydalanib, o'z tarbiyalanuvchisini qaytarib olishlari mumkin.
Transfermarkt portali ekspertlari Nikolas Pasning narxini 55 mln evroga baholamoqda. 21 yoshli futbolchiga Angliya grandlari ham qiziqish bildirgan.