"Inter" Portugaliya terma jamoasi yulduzini nishonga oldi

Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" klubi yarim himoyachisi Ruben Nevesh faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin. Portugaliyalikning amaldagi shartnomasi 2026 yil o'rtalarida tugaydi va vaziyatni Milanning "Inter" klubi diqqat bilan kuzatib bormoqda, deb yozadi jurnalist Ekram Konur.
Hozircha rasmiy muzokaralar olib borilmayapti, ammo xavbek klubini o'zgartirishga tayyor va yana Evropaning etakchi chempionatida o'zini sinab ko'rmoqchi.
2023 yilning yozida "Al-Hilol" Ruben Neveshni Angliyaning "Vulverxempton" klubidan 55 mln evroga sotib olgandi. Portugaliya terma jamoasining 28 yoshli futbolchisining ayni damdagi narxi Transfermarkt portali tomonidan 25 mln evroga baholanmoqda.