Milanning "Inter" klubi qanot himoyachisi Benjamen Pavar Frantsiya chempionatiga ko'chib o'tdi. 29 yoshli futbolchining yangi ish joyi "Marsel" bo'ldi.

Provansal klubi matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, futbolchi bilan 15 million evroga sotib olish huquqi bilan ijara shartnomasi imzolangan. Bir mavsumga ijara Frantsiya klubiga 2,5 mln evroga tushadi.

Benjamen Italiya A Seriyasining o'tgan mavsumida 23 ta o'yinda ishtirok etdi. Himoyachi bitta golli uzatma amalga oshirdi va to'rtta sariq kartochka oldi. "Inter" bilan birgalikda u Italiya chempionatida ikkinchi o'rinni egalladi va UEFA Chempionlar Ligasi finaliga chiqdi.