«Inter» Palestra bilan shartnoma shartlarini kelishib oldi — tafsilotlar ma'lum

«Atalanta» klubining 21 yoshli himoyachisi Marko Palestra Milanning «Inter» klubida qancha maosh olishi ma'lum bo'ldi.
Taniqli jurnalist Alfredo Pedullaning xabar berishicha, «Inter» Palestra bilan 5 yillik shartnoma borasida kelishuvga erishgan. Italiyalik futbolchining dastlabki mavsumdagi maoshi 2 million evroni tashkil etadi va yildan-yilga oshib boradi. Shuningdek, shartnomada turli bonuslar ham ko'zda tutilgan.
Qayd etilishicha, «Inter» va «Atalanta» rahbariyati o'rtasidagi muzokaralar shu dam olish kunlari davom etadi, chunki Italiya chempionlari ushbu transferni keyingi haftadayoq batamom hal qilmoqchi.
Yakunlangan mavsumda Palestra ijara asosida «Kalyari» sharafini himoya qildi. U A Seriya doirasida 37 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar