"Inter" 18 yoshli xorvatiyalik himoyachini o'z safiga qo'shib oladi.

Insayder Fabritsio Romanoning yozishicha, milanliklar Leon Yakirovich uchun kurashda "Zaltsburg" ustidan g'alaba qozonishgan. Ular Zagrebning "Dinamo"siga 2,5 mln evro to'laydi, yana 2 mln bonuslar ko'rinishida taqdim etiladi. Shuningdek, Xorvatiya klubi futbolchi qayta sotilgan taqdirda summaning bir qismini oladi.

Yankovich shu hafta Italiyaga tibbiy ko'rikdan o'tish uchun uchib keladi.